Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Boysunda YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi

 Boysunda YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi

➡️2024 yilning 21 aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega “ Boysun – Duoba” 4N-1613 avtomobil yo‘lnining 7 km da 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi, boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasida odam tashish qoidalariga amal qilmay 8 nafar yo‘lovchi bilan tuman markazi tomon bir necha km tik nishablikda harakatlanashi natijasida transport vositasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga keladi. Oqibatda yo‘lning xavfli burulish qismiga yetib kelgach boshqaruvni yo‘qotib yo‘ldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashina salonida bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayollar vafot etib, haydochi og‘ir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

🔹Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

⚠️ Harakat ishtirokchilariga tog‘li hududlarga sayoxatga borishda belgilangan talablarga rioya qilib, transport vositasining texnik holatidan xabardor bo‘lib, yetarlicha malakaga ega bo‘lgan haydovchilar xizmatidan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Kiritildi: 19:04 23.04.2024. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!