Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Boysunda ota qaromag‘idagi besh yoshli bola sud qarori bilan ona tarbiyasiga olib berildi

A A A
Boysunda ota qaromag‘idagi besh yoshli bola sud qarori bilan ona tarbiyasiga olib berildi

Byuroning Boysun tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, oiladagi tushunmovchiliklar oqibatida tumanning Mustaqillik mahallasida yashovchi Sobir Jo‘rayevlar xonadoniga kelin bo‘lib tushgan Nazira ota uyiga chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Oilada dunyoga kelgan besh yoshli o‘g‘il farzand esa ota tarbiyasida qoladi.

Bolani ona tarbiyasiga qaytarish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, bolani ona mehri va tarbiyasiga muhtojligini inobatga olgan holda sudning hal qiluv qarori bilan bolani ona tarbiyasiga qaytarish zarurligi belgilandi.

Sud qarori ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilarining say harakati bilan bola sog‘-salomat ona tarbiyasiga olib berildi.

Kiritildi: 15:38 07.11.2024. O'qildi: 888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!