Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining yetti kunlik dasturi bilan tanishing!

A A A
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining yetti kunlik dasturi bilan tanishing!

Joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan turizm kompleksida har ikki yilda bir marotaba bo‘ladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi. Festival dasturidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan.

1-kun, 1-may:
🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Xalqaro folklor festivali mehmonlarini kutib olish (Termiz xalqaro ayeroporti va Boysun tumani temir yo‘l vokzalida);

🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ilmiy-amaliy konferensiyasi (Termiz davlat universitetida).

2-kun, 2-may:
🕗 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Velo marafon musobaqalari (“Xo‘jamayxona” ziyoratgohi yo‘llarida);

🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalar chiqishlari (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 11:00 dan 13:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕔 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Uzun va Sariosiyo tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumani “Alpomish” o‘yingohida);

🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Festivalning tantanali ochilishi tadbiri (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 21:00 dan 21:30 gacha – “Dron” shou tomoshalari (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕔 soat 21:30 dan 22:00 gacha – Mushakbozlik (Amfiteatr markaziy sahnasi).

3-kun, 3-may:
🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 10:00 dan 12:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalarni taqdirlash marosimi (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 12:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ishtirokidagi ko‘rik-tanlov (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (“Omonxona” oromgohi, “Xo‘ja Sulton valiy” va “Kamari aziz” ziyoratgohlarida);

🕔 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Boysun tumanidagi turizm obektlariga infotur (Belgilangan hududlarda, alohida reja asosida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Varrak uchirish, qo‘chqor urishtirish va boshqa etno sport turlari bo‘yicha musobaqalar (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan viloyatlardan kelgan folklor jamoalar ijrosidagi gala konsert (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Sherobod va Termiz tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumanidagi “Yoshlar” bog‘ida).

4-kun, 4-may:
🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi);

🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 09:00 dan 18:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Milliy kurash musoboqalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (“Xo‘jaqo‘chqor ota” ziyoratgohi, “Zovboshi” eko hududida);

🕔 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Tumandagi turizm obektlarida infotur (Belgilangan hududlarda, alohida reja asosida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, arqon tortish va boshqa milliy xalq o‘yinlari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 18:00 dan 22:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan viloyatlardan kelgan folklor jamoalar ijrosidagi gala konsert (Amfiteatr markaziy sahnasida).

5-kun, 5-may:
🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi);

🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Milliy kurash musoboqalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 16:00 dan 17:00 gacha – Sport va madaniy tadbirlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Viloyat musiqali drama teatri jamoasining konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida).

6-kun, 6-may:
🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi);

🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Uloq-ko‘pkari musoboqalari (Boysun tumani Inkabod mahallasi hududida);

🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (Inkabod mahallasi “Qizil kanyon” hududida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan folklor jamoalar ijrosidagi konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida).

7-kun, 7-may:
🕗 soat 09:00 dan 12:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 11:00 dan 14:00 gacha – Festivalning tantanali yopilish va taqdirlash marosimi (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 14:00 dan boshlab – Festival ishtirokchilari va mehmonlarini kuzatish (Termiz xalqaro ayeroporti va Boysun tumani temir yo‘l vokzalida).

Kiritildi: 13:20 30.04.2024. O'qildi: 2420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!