Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Boyovut tumani hokimiga intizomiy jazo choralari ko‘riladi

Boyovut tumani hokimiga intizomiy jazo choralari ko‘riladi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralovaga tegishli ekani aytilgan audioyozuv tarqalgan edi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, audioyozuvning haqqoniyligi, holat qachon, qayerda va qanday vaziyatda yuz berganligiga oydinlik kiritilib, viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida keskin tanqidiy muhokama etilgan.

Komissiya tomonidan ushbu xatti-harakatlar davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini buzish, deb baholandi.

O‘z navbatida tuman hokimi holat bo‘yicha tushuntirish berdi. Yuzaga kelgan vaziyatdan pushaymonligini aytdi.

Ikkinchi tomon bilan suhbatlashgani, o‘zaro munosabatlaridagi yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berilganini bildirdi.

Hozirda yig‘ilish bayonnomasi asosida Dilfuza Uralovaga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgan.

Kiritildi: 01:51 02.11.2024. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!