Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bosqinchilar Damashqqa hujum qildi

Bosqinchilar Damashqqa hujum qildi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 361 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageri, Xon Yunis, Shujayi, Rafah va Dayr al-Balohga hujum qildi. So‘nggi 24 soat ichida Isroil bosqinchi kuchlari G‘azo sektorida oilalarga to‘rt marta qirg‘in uyushtirdi, tibbiy manbalarga ko‘ra, kamida 23 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 101 nafari yaralandi.

▪️Isroilning 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi natijasida falastinliklar qurbon bo‘lganlar soni 41 638 kishiga yetdi, yana 96 460 kishi yaralangan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️ Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda bir bola va sobiq mahbuslar bo‘lgan 30 nafar falastinlikni qo‘lga oldi. Falastin Mahbuslar Jamiyati (PPS) hamda Hibsga olinganlar va sobiq mahbuslar komissiyasi qo‘shma bayonotida Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzining boshidan buyon jami hibsga olinganlar sonining 11 mingdan oshganini bildirdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon-Yunis sharqidagi Al-Faxari hududida bosib olingan piyoda askarlarni, Merkava tankini va ikkita bronetransportyorni portlatib yubordi.

▪️Hizbulloh chegara chizig‘idagi bosqinchilarga 35 ta raketa uchirdi. Bir kun ichida harakat Isroilga 100 dan ortiq raketa otgan.

▪️Hizbulloh: Bugun seshanba kuni soat 7:40 da jangchilarimiz Metulla hududidagi dushman askarlariga hujum qilishdi. Bosqinchilar yo‘q qilindi.

▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroilning 24 soat ichida uyushtirgan bombardimonlari natijasida 95 kishi halok bo‘ldi, 172 kishi yaralandi.

▪️Bosqinchilar Damashqqa hujum qilishdi. 3 kishi halok bo‘ldi. Shahidlardan biri teleboshlovchi Safoa Ahmaddir.

▪️2006 yildan beri birinchi marta bosqinchilar Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirish boshlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 18:30 01.10.2024. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!