Isroil Iordaniya bilan chegarada yangi harbiy bo‘linma tashkil etilganini e’lon qildi. Bu qaror Mudofaa vaziri Yoav Gallant va Bosh shtab rahbari Gerzi Halevi tomonidan tasdiqlangan.
So‘nggi oylarda Iordaniya va isroil chegarasida isroillik ishg‘olchi askarlarga hujumlar kuchaygan. Bu hujumlar isroilning G‘azoda 2023 yil oktabr oyidan beri davom etayotgan genosidga munosabat edi. Bu tahdidlarga javoban isroil chegara xavfsizligi choralarini kuchaytirmoqda.
Iordaniya armiyasi bilan hamkorlikda Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi isyonchilarga noqonuniy ravishda qurol olib o‘tilishining oldini olish choralari ko‘riladi.