Bosqinchi isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivning Bat-Yam shahrida avtobuslar portlashi ortidan terror armiyasiga G‘arbiy Sohilda keng ko‘lamli "harbiy operasiya" boshlashni buyurdi. Bu haqda uning idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Netanyaxu mamlakat shaharlarida yangi hujumlarning oldini olish uchun "profilaktik choralar kuchaytirilayotgani"ni bildirgan. Bu qaror mudofaa vaziri Isroil Kas, isroil armiyasining bosh shtabi rahbari general-leytenant Xersi Xa-Levi, xavfsizlik xizmati rahbari Ronen Bar va Isroil polisiyasi komissari Daniel Levi ishtirokidagi uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan.
Kecha, 20 fevral kuni Tel-Avivning janubida joylashgan Bat-Yam shahrida bir nechta avtobus portlagan edi. Isroil polisiyasi voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini, gumonlanuvchilar qidirilayotganini xabar qilgan.