Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bosh vazir o‘rinbosari: «O‘zbekiston hukumati 8 ta yirik ishlab chiqaruvchiga 3 mln dozadan vaksina xarid qilish bo‘yicha murojaat etgan»

Bosh vazir o‘rinbosari: «O‘zbekiston hukumati 8 ta yirik ishlab chiqaruvchiga 3 mln dozadan vaksina xarid qilish bo‘yicha murojaat etgan»

O‘zbekiston hukumati 8 ta yirik vaksina ishlab chiqaruvchiga 3 million dozadan vaksina xarid qilish bo‘yicha murojaat etgan. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan parlament eshituvida ma’lum qildi.

«Hozirda vaksinani aholining ancha keng qatlamini qamrab olgan holda xarid qilish niyatimiz bo‘lsa, birinchidan, buncha miqdorda aniq ishlab chiqaruvchi yo‘q. Yoki ishlab chiqaruvchi bo‘lganda ham yetkazib beruvchi yo‘q.

Mana, hozir dunyoda vaksina ishlab chiqarayotgan asosiy 8 ta korxonalari bo‘lsa, hukumat tomonidan ularning har biriga yo‘llanma berilgan. ‘Uch million doza vaksina olish niyatimiz bor. Shuni bizga yetkazish muddati va narxini bera olasizlarmi?’, degan xatimizga birortasi javob bera olgani yo‘q. 50 foizi ‘olmayman’ degan fikrni ham aytishi mumkin.

Shuning uchun, vaksinalar har bir vaksinasiya punktlariga yetkazilganidan keyin OAV orqali qayerda, qanday miqdorda borligi ma’lum qilinadi. Shundan so‘ng, qolgan vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv amalga oshirilib, qolgan qatlamlar uchun vaksina yetkazib berish ustida ishlaymiz», — deydi bosh vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, yig‘ilishda aholini ommaviy emlash maqsadida dunyoning 13 ta farmasevtika kompaniyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan koronavirusga qarshi vaksinalarni tezkor yetkazib berish yuzasidan muzokaralar olib borilayotganligi aytib o‘tilgan.

Jumladan, amalga oshirilgan hamkorlik natijalaridan kelib chiqib, Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning ZF 2001 vaksinasini birga yaratgan hammuallif davlat sifatida belgilangani hamda ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va undan foydalanish kelishilgani ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston GAVI (Vaksinalar va immunizasiya bo‘yicha global alyans) tashkiloti COVAX (koronavirusga qarshi emlash mexanizmi) fondiga a’zo davlatlar qatoriga kiradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan COVAX fondi hisobidan mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha yetarli miqdorda vaksina yetkazib berish yuzasidan buyurtma tayyorlanib, GAVI tashkilotiga taqdim etilganlganligi qayd etib o‘tildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini hamkorlikda ishlab chiqarish uchun qaysi kompaniya tanlangani ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi ma’lum qilingan. Bunda birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar emlanadi va u faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yoshi katta va aholining boshqa zaif qatlamlari vakillari koronavirusga qarshi bepul emlanadi.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi.

Kiritildi: 14:05 23.02.2021. O'qildi: 1858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!