Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi delegasiya Egmont guruhining Yalpi haftaligida ishtirok etdi

Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi delegasiya Egmont guruhining Yalpi haftaligida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 iyuldagi PF 99-son Farmoni bilan xalqaro hamkorlikni ta’minlash yuzasidan belgilangan vazifalarga asosan Bosh prokuror o‘rinbosari – Departament boshlig‘i SH.Soxibnazarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi joriy yilning 6-11 iyul kunlari Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Moliyaviy razvedka bo‘linmalari Egmont guruhining 31-Yalpi haftalik tadbirlarida ishtirok etdi.

Yalpi haftalikda Egmont guruhiga a’zo 150 dan ortiq davlatlar moliyaviy razvedka bo‘linmalari, shuningdek kuzatuvchi va taklif etilgan xalqaro tashkilotlardan (BMT, XVJ, FATF, MENAFATF, YEAG, GAFILAT, GABAC, Interpol, BMT NJB, CARIN, GIZ va boshqalar) tashrif buyurgan 600 dan ortiq vakillar qatnashdi.

Yalpi haftalikda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

– moliyaviy razvedka bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro axborot almashish tamoyillariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
– jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ham milliy, ham xalqaro darajada axborot almashish mexanizmlarini takomillashtirish;
– FATFning milliy moliyaviy razvedka bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq xalqaro standartlarini joriy etish;
– Egmont Guruhi tarkibiga yangi a’zolarni qabul qilish hamda amaldagi a’zolarning tashkilotning ustav hujjatlariga muvofiqligini muhokama qilish va boshqalar.

Bundan tashqari, yalpi haftalik davomida O‘zbekiston delegasiyasi tomonidan Lyuksemburg, Moldova va Tailand moliyaviy razvedka bo‘linmalari delegasiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilib, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Bu kabi xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston delegasiyasining ishtirok etishi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida moliyaviy razvedka bo‘linmasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 11:10 14.07.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!