Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Bosh murabbiyning almashtirilishi "MYu"ga 20 million funtdan ortiq zarar ketirdi

Bosh murabbiyning almashtirilishi "MYu"ga 20 million funtdan ortiq zarar ketirdi

Rejasiz boshqaruvchi o‘zgarishi bu mavsumda "Manchester Yunayted"ga 21 million funt sterlingdan ko‘proq zarar keltirdi.

28 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” Erik Ten Xagni iste’foga chiqarganini e’lon qildi va tez orada uning o‘rniga “Sporting” ustozi Ruben Amorim taklif qilindi.

O‘tgan kuni "Manchester Yunayted" har choraklik moliyaviy hisobotini e’lon qildi, shundan kelib chiqadiki, Ten Xag va uning yordamchilarining ishdan bo‘shatilishi klubga 10,4 million funt sterlingga tushdi.

"MYu" Amorim va uning murabbiylar shtabi a’zolari uchun "Sporting"ga yana 11 million funt tovon puli to‘lagan, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.

Shu tariqa, bosh murabbiyning o‘zgarishi "Manchester Yunayted"ga 21,4 million funt sterlingga tushdi. Agar klub o‘tgan yozda Ten Xag bilan shartnomani uzaytirish qarori bo‘lmaganida, bu miqdor sezilarli darajada kamroq bo‘lardi.

Kiritildi: Bugun 14:22. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!