Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Borussiya D" Ukraina bilan bog‘liq vaziyat sabab yirik homiysidan ayrilishi mumkin

"Borussiya D" Ukraina bilan bog‘liq vaziyat sabab yirik homiysidan ayrilishi mumkin

Dortmundning "Borussiya" klubi va Rheinmetall kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik 2027 yil yozida amaldagi homiylik shartnomasi muddati tugagach, yakunlanishi mumkin.

derbyderbyderby.it nashri Sport Bild ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Germaniya klubi harbiy texnika va qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya bilan shartnomani uzaytirmaslik imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Agar shunday qaror qabul qilinsa, hamkorlik o‘z nihoyasiga yetadi. Mazkur kelishuv e’lon qilingan paytdanoq bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va klub rahbariyati bilan muxlislarning katta qismi o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, shartnoma imzolangan vaqtda so‘rovda qatnashgan "Borussiya" muxlislarining 65 foizi ushbu hamkorlikka qarshi chiqqan.

Ular o‘zlarini qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi, shuningdek, Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlovchi kompaniya bilan bog‘lashni istamaydi.

Manbada ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda Germaniya jamiyatida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tobora ommabopligini yo‘qotmoqda.

Kiritildi: 11:06 10.10.2026. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!