Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Borrell: "EI Ukrainani tiklash uchun Rossiyaning valyuta zaxiralarini berish haqida o‘ylashi kerak"

Borrell: "EI Ukrainani tiklash uchun Rossiyaning valyuta zaxiralarini berish haqida o‘ylashi kerak"

Evropa Ittifoqining tashqi siyosat xizmati rahbari Josep Borrel fikricha, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning muzlatilgan valyuta zaxiralarini Ukrainani urushdan keyingi rekonstruksiyaga o‘tkazish haqida jiddiy o‘ylashlari kerak, dedi. Bu haqda «BBC news» manbasi xabar bermoqda.

Josep Borrell Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar terrorizm qurbonlariga tovon to‘lash va mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Afg‘oniston markaziy bankidagi milliardlab dollar zaxiralarini afg‘on xalqiga berishni ta’kidlagan bir paytda nega Rossiyani valyutalarini tiklash ishlariga yo‘naltirolmaymiz. Bu haqda yana bir bor o‘ylab ko‘rish kerak degan Borrel o‘z intervyusida.

«Men juda yoqlagan bo‘lardim, chunki bu mutlaqo mantiqiy» - dedi Borrel.

Urushning boshida YEI va boshqa G‘arb davlatlari Rossiya Markaziy bankining 300 milliard dollarga yaqin oltin-valyuta zaxiralarini muzlatib qo‘ygan edi.

Financial Times gazetasining yozishicha, Yevropa Ittifoqi allaqachon bu pullarni urushdan keyin Ukrainani tiklash uchun qanday ishlatish haqida o‘ylay boshlagan, biroq Bryussel hozircha hech qanday rasmiy taklif va rejalar bilan chiqmagan.

Kiritildi: 05:40 10.05.2022. O'qildi: 3469 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!