Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya elektr ta’minotidan voz kechdi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya elektr ta’minotidan voz kechdi

Litva, Estoniya va Latviya Rossiya elektr tarmog‘idan ajraldi. Rahbarlarning fikricha, bu qadam ularni "geosiyosiy tazyiq"dan himoya qiladi.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari - Litva, Latviya va Estoniya shanba kuni o‘z elektr tizimlarini Rossiya elektr tarmog‘idan uzdi.

Ular yakshanba kuni Yevropa Ittifoqi tarmog‘iga ulanadi, bu vaqt oralig‘ida esa mustaqil ishlaydi.

"Biz uzoq vaqtdan beri intilgan maqsadimizga erishdik. Endi vaziyatni o‘zimiz boshqaramiz," - dedi Litva energetika vaziri Zigimantas Vaychyunas.

Evropa Ittifoqining oliy diplomati, Estoniyaning sobiq bosh vaziri Kaya Kallas bu o‘tishni X’da "ozodlik va Yevropa birligi g‘alabasi" deb ta’rifladi.

Kiritildi: 18:46 09.02.2025. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!