Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Boltiq dengizi sohiliga 1072 toshdan Qozog‘iston bayrog‘i yasaldi

A A A
Boltiq dengizi sohiliga 1072 toshdan Qozog‘iston bayrog‘i yasaldi

Kaliningradda talabalar tomonidan Boltiq dengizi sohillariga mingta toshdan iborat Qozog‘iston bayrog‘i o‘rnatildi.

Qozog‘istonning turli shaharlarida tug‘ilgan yetti nafar Rossiyada tahsil oluvchi yigit va qiz 5 soat vaqt sarfladi.

“Ushbu ramziy aksiya bilan biz Vatanimiz Qozog‘istonni Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklamoqchimiz. Biz buni Rossiyaning eng g‘arbiy nuqtasida xalqlarimiz – ruslar va qozog‘istonliklar o‘rtasidagi do‘stlik chegaralar va masofalardan tashqarida ekanligini ko‘rsatish uchun qilamiz. Chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik mana shu granit toshlardan ham mustahkamroq”, - deydi Kant nomidagi Boltiqbo‘yi federal universiteti talabasi Nursulton Kiyakbayev.

Donskoye qishlog‘i yaqinidagi Boltiq dengizi qirg‘og‘ida Qozog‘iston bayrog‘ini o‘rnatish uchun 1072 tosh va besh soat kerak bo‘ldi.

Aksiyada IKBFU talabalaridan tashqari, Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining G‘arbiy filiali talabalari ham ishtirok etishdi.

Kiritildi: 10:32 16.12.2021. O'qildi: 3464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!