Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Bolqon haydovchilari YEIga kirish muammolari sabab noroziliklarni davom ettirmoqchi.

Bolqon haydovchilari YEIga kirish muammolari sabab noroziliklarni davom ettirmoqchi.

Evrokomissiya va G‘arbiy Bolqon davlatlari o‘rtasida haydovchilarning YEIga kirish-chiqish tizimi bilan bog‘liq muammolarini hal etish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh muhokamalari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 23 fevralga belgilangan.

EI rasmiy vakili Giyom Mersye Bryusseldagi matbuot anjumanida G‘arbiy Bolqon davlatlariga uzoq muddatli vizalar, yashash ruxsatnomalari yoki Shengen hududidagi transchegaraviy ishchilarga oid qoidalardan foydalanish tavsiya etilganini bildirdi.

Biroq transport kompaniyalari uyushmalari muzokaralardan norozi ekanini ma’lum qildi. Ularning aytishicha, Yevrokomissiya taklif etilgan yechimlarni rad etgan va shu bois ular chegara o‘tish punktlarida blokadalar uyushtirib, noroziliklarni davom ettirish huquqini saqlab qolmoqda.

Yangi kirish-chiqish tizimidan aviakompaniyalar va aeroportlar uyushmalari ham norozi. Ularga ko‘ra, tizim tashqi Shengen hududidan keluvchi sayyohlar uchun uzun navbatlarni yuzaga keltirmoqda. Qizg‘in mavsumda kutilgan vaqt 4 soatgacha cho‘zilishi mumkinligi aytilgan.

Mersyening so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil oktyabridan bosqichma-bosqich joriy etilayotgan tizim to‘liq aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar 25 milliondan ortiq kirish-chiqish holati ro‘yxatga olingan va qariyb 15 ming holatda kirish rad etilgan. Ayrim davlatlarda texnik muammolar aniqlangani va ular bartaraf etilayotgani bildirildi.

Kiritildi: 22:05 16.02.2026. O'qildi: 183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!