Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bollivudning “eng bezori” aktyori saratonga chalindi

Bollivudning “eng bezori” aktyori saratonga chalindi

Mashhur Bollivud aktyori Sanjay Datt avgust oyining boshida koronavirusga shubha qilinib kasalxonaga yotqiziladi. Biroq, test manfiy natijani ko‘rsatadi.

Shifokorlar Sanjayni kasalxonada qoldirishadi va bir necha kundan keyingina to‘g‘ri tashxis qo‘yishga muvaffaq bo‘lishadi.

Aktyorning ahvoli haqida menejeri Komal Naxta ma’lum qildi, deb yozadi «Joinfo.ua».

Uning yozishicha, Sanjayga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan.

Tarmoqda Sanjay davolanishni AQShda davom ettirish uchun yaqin kelajakda ushbu mamlakatga borishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot mavjud. Ta’kidlanishicha, vaziyat koronavirus pandemiyasi sabab yanada jiddiylashmoqda. Vaholanki, ma’lumotlarga qaraganda, agar aktyor COVID-19 bilan kasallansa, infeksiyadan omon qolmasligi mumkin.

O‘z navbatida, aktyor muxlislaridan tashvishlanmasliklarini so‘radi, chunki yonida oilasi va yaqin do‘stlari bor, ular har doim Sanjayni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Aktyor, shuningdek, barchaga minnatdorchilik bildirdi va tez orada ishga qaytishga va’da berdi.

Bollivudning “eng bezori” aktyori saratonga chalindi

 

 

 

 

Kiritildi: 20:48 13.08.2020. O'qildi: 7723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!