Bu haqda FP xabar berdi.
Sobiq prezident odam savdosi va voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Morales ushbu jinoyatlarni prezidentlik davrida sodir etgan.
2024 yil sentyabrda Moralesni hibsga olish bo‘yicha birinchi order berilgan edi. Biroq uning advokatlari tergovni to‘xtatish va orderni bekor qilishga muvaffaq bo‘lgan. O‘shanda prokuratura ayblovlar ro‘yxatini kengaytirib, ular orasiga odam savdosini ham qo‘shgan. Da’vo o‘zgartirilgach, hibsga olish uchun yangi order berildi.
Sobiq prezident o‘zining aybsizligini qat’iy ta’kidlab, ayblovlarning barchasi uning 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishga urinish ekanini da’vo qilmoqda. Evo Moralesning aybi isbotlansa, u 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.