Bolgariya Texnik hukumati bosh vaziri Dimitar Glavchev temir yo‘l halokatidan keyin transport va kommunikasiyalar vaziri o‘rinbosari Biser Minchevni ishdan bo‘shatdi.
Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
“Vazirlikda temir yo‘l transporti uchun mas’ul bo‘lgan Minchev transport va kommunikasiyalar vaziri Krasimir Stoyanovning taklifiga binoan ikki yuk poyezdining to‘qnashuvi bilan bog‘liq fojiali hodisa tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Railway Infrastructure milliy kompaniyasida ham iste’folar kutilmoqda.