Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bolgariyada uch yil ichida yettinchi marta parlament saylovi o‘tkazildi

A A A
 Bolgariyada uch yil ichida yettinchi marta parlament saylovi o‘tkazildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koalisiya yoki partiyalarning hech biri yana Milliy assambleyada hukumat tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita olmaydi.

Saylov poygasida ikkita koalisiya yetakchilik qilmoqda - “Demokratik kuchlar ittifoqi” bilan “GERB” va “Demokratik Bolgariya” bilan “O‘zgarishlarni davom ettiring”. Bu koalisiyalar mos ravishda 26% va 16% saylovchilarning ovozini olishi kutilmoqda. Uchinchi o‘rinni katta ehtimol bilan rossiyaparast "Tiklanish” partiyasi egallashi mumkin.

Evropa Ittifoqining eng qashshoq mamlakatlaridan biri hisoblanuchi Bolgariyada 2021 yilda korrupsiyaga qarshi namoyishlar natijasida o‘sha paytdagi bosh vazir Boyko Borisov hukumatining ag‘darilganidan keyin siyosiy barqarorlikni tiklay olmadi.

Kiritildi: 21:19 27.10.2024. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!