Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Bolgariyada soxta banknotalar ishlab chiqaradigan bosmaxona aniqlandi

A A A
Bolgariyada soxta banknotalar ishlab chiqaradigan bosmaxona aniqlandi

Shumenda yuqori sifatli banknotalar ishlab chiqaradigan bosmaxona ishi to‘xtatildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar Bolgariya va Yevropa Ittifoqining moliyaviy tizimiga katta zarar yetkazgan, deb yozadi Euronews.

Davlat chegarasi polisiyasi tomonidan Interpol ko‘magida o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida hali to‘liq ishlab chiqilmagan 50 lev, 50 AQSh dollari va 500 yevro hamda ularni tayyorlash uchun moslama topildi.

Kuch tuzilmalari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jinoiy guruh qalbaki pullarning katta qismini (37 500 lev yoki 19 000 yevrodan ortiq) bankomatlar va kassa apparatlari orqali muomalaga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Reyd davomida uch kishi hibsga olingan. Ulardan ikki nafariga keyinroq ayblov e’lon qilindi. Gumonlanuvchilardan biri hibsda, ikkinchisi uy qamog‘ida.

Ichki ishlar vazirligi vakillarining aytishicha, 500 yevrolik banknotalar juda mahorat bilan tayyorlangan va ular Yevropa Ittifoqining bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan.

Kiritildi: 23:20 24.10.2024. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!