Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bolgariyada Rossiyaparast “V’zrajdane” partiyasi deputatlari milliy valyutadan yevroga o‘tishga qarshi chiqib, parlament minbarini to‘sib qo‘ydi — “Ozodlik radiosi”

Bolgariyada Rossiyaparast “V’zrajdane” partiyasi deputatlari milliy valyutadan yevroga o‘tishga qarshi chiqib, parlament minbarini to‘sib qo‘ydi — “Ozodlik radiosi”

Partiya yetakchisi Kostadin Kostadinovning aytishicha, agar Bolgariya yevroni qabul qilsa, moliyaviy suverenitetini yo‘qotadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevrozonaga qo‘shilgach, Bolgariya “okkupasiya ostida qoldi”.

Ushbu norozilik parlamentda “V’zrajdane” a’zosi Soncho Ganev va markazchi partiya deputati o‘rtasida mushtlashuvga olib keldi.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, parlament ichida to‘qnashuvlar bo‘layotgan bir vaqtda “V’zrajdane” tarafdorlari tashqaridan binoga kirish joylarini to‘sib qo‘yishgan. Xabar berilishicha, bu “V’zrajdane” vakillarining chaqirig‘idan so‘ng sodir bo‘lgan.

4 iyun kuni Yevrokomissiya va Yevropa Markaziy banki Bolgariyaning 2026 yil 1 yanvardan yevro valyutasidan foydalanishga o‘tishini ma’qullagan edi.

Kiritildi: 22:16 05.06.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!