"Elchixonada konsullik ishlamoqda, Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berish to‘xtagani yo‘q. Ayni paytda texnik sabablarga ko‘ra biz noodatiy rejimda ishlayapmiz, xizmatlar ko‘rsatish muddati odatdagidan uzoqroq, biroq biz ishlayapmiz”, — deya ma’lum qildi TASSga elchixona.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, mulk egalari uchun ham vizalar berish davom etmoqda.
5 avgust kuni Rossiya Turoperatorlari assosiasiyasi Bolgariya rossiyaliklarga turistik vizalar va mulk egalari uchun vizalar berishni noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yganini e’lon qildi va buni hozirgi favqulodda vaziyat bilan izohladi. Shuningdek, 5 avgust kuni Rossiya TIV Bolgariya diplomatik vakolatxonasi va konsullik idoralarining 14 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilgan edi.