Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Bolgariya prezidenti iste’foga chiqish to‘g‘risida Konstitusiyaviy sudga ariza berdi

Bolgariya prezidenti iste’foga chiqish to‘g‘risida Konstitusiyaviy sudga ariza berdi

Bolgariya prezidenti Rumen Radev mamlakat Konstitusiyaviy sudiga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirdi.

Bu haqda Bolgariya Milliy televideniyesi xabar berdi.

Konstitusiyada sudyalar qaror chiqarishi kerak bo‘lgan muddat belgilanmagan.

Radev o‘z lavozimini 2017 yil 22 yanvardan beri egallab kelmoqda.

Bir kun oldin u muddatidan oldin parlament saylovlarida ishtirok etish rejasini e’lon qildi. Ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror 16 yanvar kuni "Huquq va erkinliklar uchun ittifoq" koalisiyasi Bolgariya prezidentiga hukumat tuzish vakolatini qaytarganidan keyin qabul qilindi.

Kiritildi: Bugun 18:58. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!