Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish Qonuni ijrosi ta’minlanmoqda(mi)?

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish Qonuni ijrosi ta’minlanmoqda(mi)?

“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Qonuni ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Bolalar ombudsmani rahbarligidagi idoralaro ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishning real holati hamda bu borada mas’ul davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 16 ming nafar o‘quvchi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda har 10 nafar boladan 8 tasi bevosita o‘z uyidan internetga ulanishini bildirgan.

Idoralararo ishchi guruh a’zosi AOKA Media-rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Kurbanbayev taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan Qonun talablari buzilgan axborotlarni bartaraf etish talabi bilan 606 ta xabarnoma yuborilgan.

Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha 5250 ta axborot resursning identifikasiya ma’lumotlari taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan butunjahon Internet tarmog‘ining axborot resurslari reestriga kiritilgan.

Yig‘ilishda Qonun ijrosini ta’minlashdagi muammolar, ulrni hal qilish chora-tadbirlari hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kiritildi: Bugun 15:02. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!