Arab tilida “Imon” degan so‘z “ishonch”, “tasdiq” ma’nolarini bildiradi. “Yasin” kalimasi esa Qur’oni karimda sura nomi bo‘lib kelgan. Ulamolarimiz “Yasin”ning ma’nosi Alloh taologagina ma’lum ekanini ta’kidlashgan.
Ushbu ikki kalimaga «a» qo‘shimchasini qo‘shib «Imona» yohud «Yasina» deyish lug‘at jihatidan so‘zni noto‘g‘ri ishlatish hisoblanadi. Shunga ko‘ra farzandlarga bulardan boshqa ismlarni qo‘yish tavsiya etiladi. Zero, hadisi shariflarda farzandga chiroyli ism qo‘yishga targ‘ib qilingan.
عَنْ أَبِى الدَّرْدَاءِ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم :» إِنَّكُمْ تُدْعَوْنَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِأَسْمَائِكُمْ وَأَسْمَاءِ آبَائِكُمْ فَأَحْسِنُوا أَسْمَاءَكُمْ » (رَوَاهُ أحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالطَّبَرَانِىُّ).
Ya’ni: Abu Dardo raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alahi vasallam: “Qiyomat kunida o‘z ismlaringiz va otalaringiz ismlari bilan chaqirilasizlar. Shuning uchun chiroyli ism qo‘yinglar!”, deganlar (Imom Ahmad, Abu Dovud, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
fatvo hay’ati