Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi alohida parvarish va e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib kamolga yetishida tibbiyot mutaxassislarining tavsiya va maslahatlari juda muhim.
🏥 Shu sababli joriy yildan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan oila shifokorlari va patronaj hamshiralari uchun alohida qo‘llanmalar tayyorlanib, tibbiyot muassasalariga yetkazildi.
👩⚕️ — Mazkur kitobchadan har bir yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadli tibbiy ko‘riklarni qachon amalga oshirish belgilangan, — deydi Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sevara Xusanova.
👶 — Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati doirasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning holati tug‘uruqxonadan chiqqanidan so‘ng 3 kun ichida va 15 hamda 30 kunlikda oila shifokori va patronaj hamshirasi tomonidan kuzatib boriladi.
🖇 Har oyda 1 marta bolaning bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi, VBI (vazn-bo‘y indeksi) hamda psixomotor rivojlanishi aniqlanadi. 2 oylikda esa chaqaloq nevropatolog va ortoped kabi tor soha mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
✅ Shuningdek, go‘dak salomatligi yilda 4 marta, ya’ni 3, 6, 9 va 12 oylikda, 2 yoshgacha bolalar esa yilda 2 marta, ya’ni 18 oylik va 2 yoshda patronaj hamshirasi tomonidan tekshirib boriladi.
🩺 1–3 yoshli bolalar har chorakda bir marta oila shifokori va patronaj hamshirasi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda bolaning bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi hamda VBI (vazn-bo‘y indeksi) aniqlanib, kerakli tavsiyalar beriladi.
🦷 Bundan tashqari, har chorakda 1 marta ularning psixomotor rivojlanishi baholab boriladi hamda yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari tomonidan maqsadli tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi.
🧠 3 – 5 yoshli bolalar esa har 6 oyda 1 marta tibbiy ko‘rik bilan qamrab olinadi. Bunda ularning bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi hamda VBI (vazn-bo‘y indeksi)ni aniqlanib, zarur hollarda ota-onalarga tibbiy maslahatlar beriladi.
❇️ Bu yoshdagi bolalar salomatligi, shuningdek 3, 4 va 5 yoshda yiliga 1 marta hamda emlangandan keyin 3 kun ichida 1 marta patronaj hamshirasi tomonidan kuzatib boriladi.
👨⚕️ Qolaversa, har 6 oyda 1 marta bolaning psixomotor rivojlanishi kuzatilib, yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tadi.
🔬 Rejaga ko‘ra, 6 – 18 yoshli bolalarning sog‘ligi yilda 1 marta oila shifokori tomonidan tekshirilib, salomatlik guruhlariga tasniflanadi. Bunda ularning ham bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi hamda VBI (vazn-bo‘y indeksi) va psixomotor rivojlanishi kuzatiladi.
Shuningdek, ularning salomatligi yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog va pediatr tomonidan tekshirib boriladi. (https://telegra.ph/file/cd1d84775252f9fbb1438.png)