Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab” tashkil qilinadi

Bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab” tashkil qilinadi

Afsuski, yurtimizda bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bosqichlarda aniqlanmoqda.

Shu bois, xuddi onkologiyada bo‘lgani kabi bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha ham besh yillik dastur qabul qilinadi. Bunga kamida 110 million dollar yo‘naltiriladi.

Bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab” tashkil qilinib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.

Markaziy Osiyoda yagona bo‘ladigan ushbu akademik xabda mintaqamizdagi shifokorlar bolalar saratoni kasalliklarini erta aniqlash va davolash bo‘yicha xalqaro standartlar asosida o‘qitiladi.

Shuningdek, joylardagi bolalar shifoxonalarining onko-gematologiya bo‘limlari kasallikni erta bosqichda aniqlaydigan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.

Bu ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Kiritildi: 15:48 07.05.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!