Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bolakay keksa otaxonga: "Siz Allohmisiz?"

Bolakay keksa otaxonga: "Siz Allohmisiz?"

Keksa otaxon har kuni mahalladagi bir bolakayning yalang oyoq, rezina to‘p bilan futbol o‘ynayotganiga ko‘zi tushardi. Bir kuni do‘konga borib poyabzal oldi va bolaga tutqazdi:

— Buni kiyib ol, bolajonim, senga deb oldim.

Bolajon quvonchdan qiyqirib yuborda va shu zahoti poyabzalni kiyib oldi.  So‘ng soch-soqoli oppoq boboga hayrat bilan tikilib:

— Siz Allohmisiz? - deya so‘radi. 

Keksa kishining qo‘l-oyog‘i qaltirab, labini tishladi va:

— Astag‘firulloh, bolam, unday demagin.

Qo‘l-oyoqchalari kir, qalbi dunyodagi eng toza narsadan ham pokiza bolakay yana hayrat to‘la nigohlarini boboga qadadi:

— Unda siz Allohning do‘sti ekansiz-da! Chunki men kecha tunda Allohga poyabzalim yo‘qligini aytgandim, menga poyabzal yuborgin deya yig‘lagandim...

Otaxon ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun bolani bag‘riga bosdi...

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:25 10.10.2019. O'qildi: 3047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!