Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Bokuda 7 nafar jurnalist qamoqqa olindi

Bokuda 7 nafar jurnalist qamoqqa olindi

2025 yil 20 iyun kuni Boku shahridagi sud tomonidan Abzas Media nashri va “Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” mediakorporasiyasiga mansub jurnalistlar ustidan hukm e’lon qilindi. Sud qaroriga asosan, yetti nafar ommaviy axborot vositalari xodimi 7,5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Jumladan, Abzas Media direktori Ulvi Hasanli, bosh muharrir Sevij Vagifqizi, tahqiqotchi jurnalist Hofiz Babali hamda “Ozodlik radiosi” muxbiri va iqtisodchi Farid Mehralizodaga 9 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, Abzas Media muxbirlari Nargiz Absalamova va Elnara Gasimova 8 yil, direktor o‘rinbosari Mahammad Kekalov esa 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etildi.

Jurnalistlarga nisbatan «kontrabanda», «soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash» va «jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish» moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgani ma’lum qilingan. Bu haqda “Kavkazskiy Uzel” va “Nastoyashee Vremya” manbalari orqali xabar berilgan.

Ayblanganlarning barchasi o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, ushbu ishni siyosiy sabablarga ega deb baholagan. Xususan, “Ozodlik” muxbiri Farid Mehralizoda ayblovlarni asossiz deb atagan va jamoatchilikka murojaat qilgan.

Mazkur hukm xalqaro tashkilotlar va inson huquqlari himoyachilari tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.

Kiritildi: 03:30 22.06.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!