To‘rt nafar charm qo‘lqop ustamiz - Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Otabek Xolmatov va Botir Ahmedov ayni paytda AQShda, aka-uka Diaslar murabbiyligi qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishyapti.
Shahram G‘iyosov 25 fevral kuni meksikalik Pablo Sezar Kano bilan jang qilsa, Otabek Xolmatov 3 mart kuni WBA kamari uchun Raymond Fordga qarshi ringga chiqadi. Botir Ahmedov va Bektemir Meliqo‘ziyevning janglari esa hali rasman tasdiqlangani yo‘q.