Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bokschi Saul Alvares Messi va Argentina halqidan uzr so‘radi

Bokschi Saul Alvares Messi va Argentina halqidan uzr so‘radi

Professional boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasining mutlaq chempioni Saul Alvares Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi.

"So‘nggi kunlarda ehtiros va vatanimga bo‘lgan muhabbat meni to‘lqinlantirib yubordi va o‘rinsiz gaplar aytib yubordim. Shu bois Messi va Argentina xalqidan uzr so‘rayman. Har kuni yangi nimanidir o‘rganamiz va bugun mening navbatim keldi. Jamoaga omad tilab qolaman", — deydi «Kanelo».

Meksikaga qarshi o‘yindan keyin Messi Meksika sardori Andres Guardado bilan libos almashgan. Argentina kiyinish xonasida g‘alabani nishonlayotgani tasvirlangan videoda Meksika terma jamoasi libosi oyoq ostida yotgani va Messi kiyim almashtirish chog‘ida unga tegib ketgani tasvirga tushib qolgan. Ushbu holat meksikalik bokschiga yoqmagan va Alvares ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali uni tanqid qilgan.

Keyinchalik Guardado bu vaziyatga munosabat bildirib, Messining yonini olgan va bokschining harakatini «nizo yaratish va mashhurlikka erishishga urinish»ga qiyoslagan.

Kiritildi: 18:39 01.12.2022. O'qildi: 3978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!