Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Bokschi chempionlik jangidan bir necha kun o‘tib vafot etdi

Bokschi chempionlik jangidan bir necha kun o‘tib vafot etdi

Yaponiyalik professional bokschi Sigetosi Kotari chempionlik jangidan bir necha kun o‘tib, 28 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Yaponiya boks komissiyasi.

Olti kun oldin Kotari vatandoshi Yamato Xatoga qarshi chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilgandi. To‘liq o‘n ikki raund davom etgan to‘qnashuv durang natija bilan yakunlangan edi. Jang davomida Sigetosi bosh qismiga ko‘plab zarbalar o‘tkazib yuborgan va buning natijasida subdural gematoma tashxisi bilan shoshilinch bosh miya operasiyasini o‘tkazish uchun kasalxonaga yetkazilgandi.

Operasiyadan ikki kun o‘tib, kecha tunda Kotari vafot etdi. Bu xabarni Yaponiya boks komissiyasi ham tasdiqladi.

"Ringdagi jangchi. Ruhi baland jangchi. Juda erta ketdi. Uning oilasi, jamoasi va butun yapon boks jamoatchiligi qayg‘uda. Duolarimiz u uchun", - deyiladi xabarda.

Bokschi chempionlik jangidan bir necha kun o‘tib vafot etdi

Kiritildi: 21:55 09.08.2025. O'qildi: 1141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!