Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Boks, JCH. Feruza Kazakova kuchli raqibga yutqazdi va «bronza» bilan cheklandi

Boks, JCH. Feruza Kazakova kuchli raqibga yutqazdi va «bronza» bilan cheklandi

Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida kechki dasturdan o‘rin olgan janglar boshlandi.

Ayollar o‘rtasida -51 kg vaznda Feruza Kazakova yarim fina bosqichi doirasida turkiyalik Buse Naz Chaqirogluga qarshi ringga ko‘tarildi. Olimpiya o‘yinlarida 2 marta kumu medal va 2022 yilga jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ushbu sportchi birinchi bo‘limda to‘la ustunlikka erishdi. Feruza esa ikkinchi va uchinchi raundlarda faol ishlashga intildi. Hakamlarning yakuniy baholari — 1:4 (27:30, 27:30, 27:30, 29:28, 28:29).

Shu tariqa, Feruza JChdan bronza medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 23:00 13.09.2025. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!