Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Boks, JCH. Abdumalik Xalokov ikki karra jahon chempioniga aylandi

Boks, JCH. Abdumalik Xalokov ikki karra jahon chempioniga aylandi

Angliyaning Liverpul shahrida mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida finalidan o‘rin olgan kechki janglar boshlandi.

Erkaklar o‘rtasida 60 kg. vazn toifasida jahon va olimpiya chempioni Abdumalik Xalokov oltin medal uchun braziliyalik Luiz Oliveyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz birinchi bo‘limda barcha hakamlarning ovozini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘lim tugashiga bir necha soniya qolganida raqib peshonasidan jarohat oldi. Shifokor esa Luiz Oliveyraga jangni davom ettirish uchun ruxsat bermadi.

Oqibatda ikki raund natijasiga ko‘ra g‘olib aniqlanadigan bo‘ldi. Hakam Abdumalik Xalokovning qo‘lini baland ko‘tardi. Baholar — 5:0 (20:18, 20:18, 20:18, 20:18, 20:18).

Shu tariqa, Xalokov ikki karra jahon chempioniga aylandi. U ilk marta JChdagi oltin medalni 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan musobaqada qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekistonning JChdagi oltin medallar soni 5 taga yetdi.

Kiritildi: 22:49 14.09.2025. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!