Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Boks. Dmitriy Bivol endi mutlaq jahon chempioni emas!

Boks. Dmitriy Bivol endi mutlaq jahon chempioni emas!

Yarimog‘ir vazn toifasida WBA, WBC, WBO, IBF, The Ring va IBO yo‘nalishlari chempioni bo‘lib turgan Dmitriy Bivol endi mutlaq jahon chempioni emas.

Gan shundaki, rossiyalik bokschi WBC chempionlik kamarini vakant, ya’ni egasiz qoldirdi. U bu bilan vaqtinchalik WBC kamari sohibi, meksikalik Devid Benavides bilan jang qilishdan voz kechdi.

Dmitriyning bunday qarorga kelishi uning hamyurti Artur Beterbiyevga qarshi uchinchi jangni o‘tkazishi bilan bog‘liq. Bivol 23 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o‘tgan revansh jangida Beterbiyevni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, yarimog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Turki al-ash-Sheyx kuzda bu ikki bokschining uchinchi jangini o‘tkazmoqchi.

Darvoqe, endi birgina mutlaq jahon chempioni qoldi - Naoya Inoue! Balki, Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalikni ham bu unvondan mahrum qilar? Voqealar rivojini kuzatamiz.

Kiritildi: 13:17 08.04.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!