Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Boks bo‘yicha JCH: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

A A A
Boks bo‘yicha JCH: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

Armanistonda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final janglari ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili bahs olib bordi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

7 nafar o‘zbekistonlik bokschilar o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dasturga ko‘ra, bugun dam olish kuni. Chempionlik janglari 3-4 dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Finalga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari:

  • -46 kg: Maftuna Musurmonova;
  • -57 kg: Sevara Mamatova;
  • -75 kg: Maftuna Yangiyeva;
  • +80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova;
  • -60 kg: Feruzjon Sa’dullayev;
  • -63 kg: Hikmatillo O‘lmasov;
  • +80 kg: Islom Salihov.

Musobaqani bronza medali bilan yakunlaganlar:

  • -46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov;
  • -66 kg: Akbar Ahmadov;
  • -50 kg: Husan Qahhorov;
  • -70 kg: Norbek Abdullayev.
Kiritildi: 10:54 02.12.2023. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!