Ma’lumki, mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotning yurt taraqqiyotiga rahna solayotgan o‘rni kun sayin tobora qisqarib borilishiga erishilmoqda. Bu borada chegara bojxona postlari xodimlarining o‘z xizmat vazifalariga og‘ishmay amal qilib kelayotganligini ta’kidlab o‘tish joizdir.
Do‘stlik chegara bojxona posti xodimlari navbatdagi huquqbuzarlikning mantiqiy nihoyasiga yetishiga yo‘l bermadi.
Xususan, qo‘shni mamlakat hududidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro (1970 yilda tug‘ilgan) M.Bning xarakatlariga nisbatan bojxona xodimlarida shubxa uyg‘onganligi sababli qonunda belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bojxona ko‘rigi natijasida esa bojxonachilarning gumonlari o‘zini yana bir bor oqladi.
Fuqaro M.Bning qo‘l va bagaj yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, uning chemadon sumkasining ichki astar qismiga yashirilgan jami; 1000 konvalyutada (xar bir konvalyutada 1 ta Mifepristone 200 mg va 4 ta Misoprostol 200 mgdan 5 dona tabletka) “Mesopril Kit” nomli (Homilani tushiruvchi) umumiy qiymati, 250 000 000 so‘mlik dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirib, noqonuniy yo‘llar bilan respublikamiz hududiga olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Mazkur xuquqbuzarlik yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.