Evropa Ittifoqi Moskvaga qarshi 17-sanksiyalar paketini qabul qildi. Bu paket Rossiya iqtisodiyotini izdan chiqarish va prezident Vladimir Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga majbur qilishga qaratilgan.
Endi Yevropa Ittifoqi vazirlari Putinning siyosiy ta’sirini yanada zaiflashtirishning boshqa usullarini ko‘rib chiqmoqda.
Bunda Rossiyaga kirib-chiqayotgan pul oqimini cheklashga qaratilgan kapital nazorati hamda bojxona tariflari kabi savdo choralari ikki asosiy variant sifatida qaralmoqda.
Kapital nazorati turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin, jumladan chet el investisiyalarini cheklash, valyuta ayirboshlashni nazorat qilish yoki kapital harakatiga soliq solish.
Bundan tashqari, komissiya kelgusi oyda Yevropa Ittifoqiga Rossiya gaz spot bozorining yangi shartnomalarini - ya’ni, tezkor yetkazib berish va to‘lov bo‘yicha bitimlarni taqiqlash imkonini beradigan savdo choralariga oid takliflarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.