Bojxona qo‘mitasiga Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi ogohlantirish xati yuborgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyadan import qilingan “Persil (Color Gel)” kir yuvish geli belgilangan texnik talablarga nomuvofiq deb topilgan. Shu sababga ko‘ra, mazkur mahsulotni vaqtincha sotuvga chiqarishga ruxsat berilmagan.
Inspeksiya fuqarolardan bozor va do‘konlarda sotilayotgan mahsulotlarga e’tiborli bo‘lishlarini so‘ragan.