Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bog‘ot tumanida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bog‘ot tumanida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “N.K.” MCHJ rahbari X.X. va “L.T.” MCHJ rahbari N.X. fuqaro A.J.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qisqa fursatda tijorat banki filialidan 300 mln so‘m imtiyozli kredit olib berish evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:25 25.11.2022. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!