Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Bog‘chada bolalar ko‘z o‘ngida xotinini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

A A A
Bog‘chada bolalar ko‘z o‘ngida xotinini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

Voskresenskda sud o‘z xotinini bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari oldida o‘ldirgan Vladimir Vorobyovni 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda "Lente.ru"ga Moskva viloyati prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Natalya Grigoryeva xabar berdi.

Aniqlanishicha, u 2020 yil 31 avgust kuni tushdan keyin rafiqasi ishlagan bolalar bog‘chasiga mast holda kelgan. Rashk tufayli u xotinining bo‘yin, ko‘krak va qo‘llariga pichoq bilan o‘n sakkiz marta urgan. Ayol olgan jarohatlaridan joyida vafot etgan.

Erkak Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi ("Qotillik") bilan aybdor deb topildi. U jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘taydi.

Kiritildi: 11:34 01.06.2021. O'qildi: 2526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!