Sankt-Peterburgdan Samarqandga yo‘l olgan Boeing 737 samolyoti 173 yo‘lovchi bilan texnik nosozlik sabab Vnukovo aeroportiga majburiy qo‘ndi, deb xabar beradi RIA Novosti.
«Samolyot stabilizatorning nosozligi tufayli Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi», — dedi agentlik suhbatdoshi.
Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, barcha yo‘lovchilarning holati yaxshi.