Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bodrumda Irina Dvizova va qizi Dayana Dvizovalarning jasadlari topildi

A A A
Bodrumda Irina Dvizova va qizi Dayana Dvizovalarning jasadlari topildi

Bodrumda Rossiya fuqarolari Irina Dvizova (42 yosh) va qizi 14 yoshli Dayana Dvizovalarning jasadlari topildi.

Ularning jasadlarini arqon bilan bog‘lab, choyshabga o‘rab, jarlikka uloqtirib ketishgan. Irina va qizining jasadlari topilmasidan bir necha kun oldin, ularning bedarak yo‘qolganligi haqida qarindoshlari Bodrum IIBga xabar qilgan. Qotillikda gumon qilinayotganlarning turli versiyalari bor, Irinaning hozirgi eri, yoki sobiq eri.

Irina Turkiyada ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullangan va asosan Turkiyada istiqomat qilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra ona-bola o‘zlari yashagan uyda o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, chunki qarindoshlari ular yashaydigan uyga borishganda divandan qon izlarini topishgan.

Kiritildi: 21:57 29.11.2023. O'qildi: 3167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!