Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bodikamerasiz YPX xodimi yo‘lovchiga qo‘l ko‘tarib, haqoratladi: mojaro qanday yakun topdi?

Bodikamerasiz YPX xodimi yo‘lovchiga qo‘l ko‘tarib, haqoratladi: mojaro qanday yakun topdi?

Joriy yilning 21 may kuni soat 17:10 larda, Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidan Zarafshon shahri yo‘nalishi bo‘yicha bir nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotgan “Labo” rusumli 85 866 TAA davlat raqam belgili transport vositasi “Uchquduq” to‘siq postida xizmat olib borayotgan Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan dizenfeksiya choralarini ko‘rish maqsadida to‘xtatilib, haydovchidan transport vositasini qayd etish guvohnomasini taqdim etishi, ushbu ma’lumotlar postda yuritilayotgan jurnalga qayd etilishini ma’lum qilishgan.

Shunda, haydovchi Miliy Gvardiya xodimlariga ushbu postdan har kuni o‘tib qaytishini, har safar hujjatlarini ko‘rsatmasligini aytib, ular bilan tortishib turgan vaqtida, ushbu postga xizmatga jalb etilgan Uchquduq tuman IIB YHXG ma’muriy amaliyot inspektori A.Umarjonov postda joylashgan xizmat xonasidan chiqib kelib, holatga aralashib haydovchidan hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.

Haydovchi unga hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng, YPX xodimi A.Umarjonov uni avtomashinadan tushishini, avtomashinasi esa jarima maydoniga qo‘yilishini aytgan.

Haydovchi avtomashinadan tushganidan so‘ng A.Umarjonov unga tegishli avtomashinani jarima maydoniga qo‘yish maqsadida rul boshqaruviga o‘tirgan vaqtida avtomashinada o‘tirgan yo‘lovchi xodimning harakatlarini videotasvirga olishni boshlab, xodimga nima sababdan bodikamerasiz xizmat olib borayotganligini aytib, turli vajlar keltirib, uni harakatlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishini ma’lum qilgan va ularni qo‘yib yuborishini so‘ragan.

Shu vaqt xodim uni videotasvirga olishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, A.Umarjonov tomonidan ushbu transport vositasi haydovchisi A.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194 va 135-moddalariga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi evakuator yordamida jarima maydoniga qo‘yilgan. 

Shu kuni A.Umarjonov xizmatga chiqishidan oldin bodikamerasini navbatchilik qismidan olgan bo‘lsa-da, ushbu holat sodir bo‘lgan vaqtda u bodikamerasini shu postda joylashgan xizmat xonasida unutib qoldirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB  Axborot xizmati xabariga ko‘ra, yuqoridagi holat bo‘yicha Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib tugallandi.

Xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabr kunidagi 975-son qarori talablariga rioya qilmagan Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB YHXG MA inspektori A.Umarjonovga “Qattiq hayfsan” e’lon qilindi.

Shuningdek, Uchquduq tumani IIB YHXG MA inspektori A.Umarjonov tomonidan haydovchi A.Karimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135, 194-moddalari tartibida rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma va to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Uchquduq tumani Ma’muriy sudiga yuborilishi belgilandi.

Kiritildi: 16:17 26.05.2020. O'qildi: 3473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!