BMTning Eronga qarshi sanksiyalari oy oxirigacha tiklanadi.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroilning N12 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Uning qayd etishicha, sanksiyalarning qayta tiklanishiga Tehronning Yevropa davlatlari bilan muzokaralarda jiddiy yondoshmagani sabab bo‘lmoqda.
Snapback mexanizmi (mavjud sanksiyalarga qaytish) ishga tushadimi, degan savolga Makron shunday javob berdi: "Ha. Men shunday deb o‘ylayman, chunki eronliklarning so‘nggi xabarlari jiddiy emas".
Snapback - 2015 yilgi yadroviy kelishuvning bir qismi bo‘lgan huquqiy mexanizm bo‘lib, kelishuv buzilgan taqdirda BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi sanksiyalarini qo‘zg‘atadi.