BMT Xavfsizlik kengashi Yamanga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni 2026 yil 14 noyabrgacha yana bir yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ovoz berish chog‘‘ida 13 davlat qarorni qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va Xitoy esa betaraf qoldi.
Uzaytirilgan sanksiyalar moliyaviy cheklovlar va Yamanga sayohat taqiqini o‘z ichiga oladi hamda ro‘yxatga qo‘shimcha bir qator shaxslarni kiritishni nazarda tutadi.
Shuningdek, kengash Yaman bo‘yicha sanksiyalarni kuzatish hamda hisobot tayyorlashga mas’ul ekspertlar guruhi mandatini 2026 yil 15 dekabrgacha uzaytirdi.
Qarorni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar sanksiyalar Husiylarga aniq xabardorlik signali yuborishi va ularning mamlakatni beqarorlashtirish urinishlarini cheklashga xizmat qilishini ta’kidladi.