Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

BMT Xavfsizlik Kengashi shoshilinch yig‘iladi

BMT Xavfsizlik Kengashi shoshilinch yig‘iladi

Ukraina BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda sessiyasini chaqirish tashabbusi bilan chiqdi. Bunga Rossiyaning Krivoy Rog shahriga uyushtirgan hujumi sabab bo‘ldi. Juma kuni sodir etilgan bu hujum natijasida 20 kishi, shulardan 9 nafari bola, halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jarohat oldi.

"O‘tgan hafta Rossiyaning Krivoy Rokka ballistik raketa bilan amalga oshirgan hujumi to‘qqizta bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi - bu 2022 yildan buyon bitta hujumda halok bo‘lgan ukrainalik bolalarning eng ko‘p sonidir. Rossiya oddiy turar-joy hududidagi bolalar maydonini nishonga oldi. Iloji boricha ko‘proq qurbonlar bo‘lishi uchun kassetali jangovar qismdan foydalandi. Ukraina Rossiya jinoyatlariga e’tiborni qaratish maqsadida BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishi va EXHTning Doimiy kengashining maxsus sessiyasini chaqirish tashabbusi bilan chiqdi," deya Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ijtimoiy tarmoqda yozdi.

Uning aytishicha, har ikkala yig‘ilish ham seshanba kuni o‘tkaziladi. "Biz qat’iy qoralash va keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz. Rossiya ukrainalik bolalar va tinch aholiga qarshi terrorni to‘xtatishi, Ukraina allaqachon qabul qilgan AQShning to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob berishi va urushni yakunlashi kerak," deb ta’kidlaydi Sibiga.

Kiritildi: 22:46 07.04.2025. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!