Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

BMT Xavfsizlik Kengashi RFning Kiyevdagi «Oxmadet» kasalxonasiga raketa zarbasini qoraladi

BMT Xavfsizlik Kengashi RFning Kiyevdagi «Oxmadet» kasalxonasiga raketa zarbasini qoraladi

BMT Xavfsizlik Kengashining 9 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan shoshilinch yig‘ilishida kengashga a’zo davlatlarning ko‘pchiligi Rossiyaning Kiyevga raketa zarbasi, jumladan, shahardagi «Oxmadet» bolalar shifoxonasining nishonga olinishi uchun mas’uliyatni Kiyev zimmasiga yuklamoqchi bo‘lgan Moskvani tanqid ostiga olgan.

«Biz bugun bu yerga yig‘ilishimizning sababi Xavfsizlik Kengashiningdoimiy a’zosi, kengashning amaldagi raisi bo‘lgan Rossiya bolalar shifoxonasiga hujum uyushtirgan. Bu so‘zlarni aytayotganimda badanlarim jimirlab ketyapti», — degan AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild.

Buyuk Britaniya vakili Barbara Vudvord Rossiyaning hujumlari «Xavfsizlik Kengashi uchun sharmandalik» ekanini ta’kidlagan. Fransiya vakili «Oxmadet» bolalar kasalxonasiga berilgan zarbani Moskva javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan «navbatdagi harbiy jinoyat», deb ta’kidlagan.

Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Geng Shuang Moskvani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblamagan: «Taassufki, harbiy harakatlar so‘nggi vaqtlarda tinmayapti, aksincha, vaqti-vaqti bilan kuchayib, og‘ir yo‘qotishlarga sabab bo‘lib shafqatsizlashib bormoqda. Xitoy bundan chuqur tashvishda», — degan u.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya yana «Rossiya hech qachon Ukrainadagi fuqarolik ob’ektlariga zarba bermasligi»ni ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev bo‘ylab zarbadan ko‘zlangan maqsad Artyom nomidagi Kiyev zavodi bo‘lgan, «Oxmadet»ga esa Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimining raketasi kelib urilgan. Nebenzya bunga birorta isbot-dalil keltirmagan.

O‘z navbatida Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergiy Kislisa yig‘ilish qatnashchilariga bolalar shifoxonasi tomon uchib borayotgan Rossiya raketasining suratini ko‘rsatgan.

Kiritildi: 16:45 10.07.2024. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!