Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

BMT ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyusiyasini qabul qildi

BMT ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyusiyasini qabul qildi

BMT ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyusiyasini qabul qildi, AQSh ham ushbu hujjatni qo‘llab-quvvatladi.

Ommaviy axborot vositalarining Qo‘shma Shtatlar va yana 90 ta davlat 3 dekabr, chorshanba kuni BMT Bosh Assambleyasining 11-chaqiriqdagi favqulodda maxsus sessiyasida Rossiyadan “zo‘ravonlik bilan ko‘chirilgan yoki deportasiya qilingan” barcha ukrain bolalarni “darhol, xavfsiz va mutlaqo sharsiz ravishda” qaytarishni talab qiluvchi rezolyusiya uchun ovoz berdi. Tashkilot saytida xabar qilinishicha, shu ovozlar hujjatni qabul qilish uchun yetarli bo‘ldi.

“Ukrainalik bolalarni qaytarish” nomli rezolyusiyani, Ukraina va Kanada taklif qilgan, hujjat bo‘yicha ovoz berishda jami 160 ta davlat ishtirok etgan. Hujjatga Rossiya, Belarus, Kuba, Eron, KXDR, Mali va Sudanni o‘z ichiga olgan 12 ta davlat qarshi chiqdi, yana 57 ta davlat betaraf qoldi.

Bundan tashqari, rezolyusiyada Rossiya “bolalarni ideologik qayta ishlash” amaliyotidan, ularni ota-onalaridan ajratishdan, shuningdek, bolalarning shaxsiy maqomini o‘zgartirishdan — jumladan fuqarolik berish va ularni vasiylikka oluvchi oilalarga topshirishdan voz kechishga “qat’iy tarzda chaqirilgan”.

Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Maryana Besaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kamida 20 ming ukrainalik bolani deportasiya qilgan, ularning ayrimlarini qaytarishga muvaffaq bo‘lingan.

Kiritildi: 17:52 04.12.2025. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!