Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

BMT tinchlikparvar kuchlari Isroilni ularning kuzatuv minorasini ataylab vayron qilganlikda ayblamoqda

BMT tinchlikparvar kuchlari Isroilni ularning kuzatuv minorasini ataylab vayron qilganlikda ayblamoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) Isroil qo‘shinlari Livan janubidagi Marvahim shahridagi to‘siq va kuzatuv minorasini buldozer yordamida qulatgan. UNIFIL kuchlari “bosim ko‘rsatilayotganiga qaramay” mintaqadagi o‘z pozisiyalarida qolishlarini ta’kidladi.

Bu so‘nggi ikki hafta ichida BMT tinchlikparvar kuchlarining Livan janubida Hizbullohga qarshi harbiy operasiya o‘tkazayotgan Isroilga qarata aytilgan birinchi ayblovi emas. Ma’lum qilishicha, SAXAL hozirgacha ularning pozisiyalariga bir necha bor o‘q uzgan, natijada besh kishi qurbon bo‘lgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu UNIFIL kuchlarini Livan janubidan olib chiqib ketishga chaqirib, Hizbulloh ulardan “tirik qalqon” sifatida foydalanayotganini aytdi. Biroq tinchlikparvar kuchlar qo‘mondonligi bu chaqiriqlarni rad etmoqda.

Kiritildi: 10:20 21.10.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!